Maxfiylik siyosati

← Bosh sahifaga qaytish

1. Umumiy qoidalar

Camelot Mafia loyihasi (shu jumladan bot, veb-sayt va unga aloqador barcha xizmatlar) Mehrojbek Normurodov tomonidan boshqariladi.

Loyiha patentlash jarayonida bo‘lib, barcha ma’lumotlar va texnologiyalar qattiq maxfiy va intellektual mulk sifatida himoyalangan.

Ushbu siyosat 2026-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra amal qiladi va istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. O‘zgartirishlar veb-saytda e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi.

2. Qanday ma’lumotlar to‘planadi

Biz quyidagi turdagi ma’lumotlarni to‘playmiz:

3. Ma’lumotlardan qanday foydalaniladi

To‘plangan ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  1. O‘yin mexanikasini ta’minlash va sifatini yaxshilash
  2. Loyiha xavfsizligini ta’minlash (spam, cheat, huquq buzuvchilarni aniqlash)
  3. Statistik tahlil qilish va loyihani rivojlantirish
  4. Huquqiy da’volar, tekshiruvlar va patent/intellektual mulk himoyasi uchun dalil sifatida saqlash

4. Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga berilishi

Ma’lumotlar hech qachon reklama, marketing yoki tijoriy maqsadlarda uchinchi shaxslarga sotilmaydi yoki berilmaydi.

Biroq quyidagi holatlarda ma’lumotlar darhol va to‘liq taqdim etiladi:

Bot ichida yoki unga aloqador har qanday harakat avtomatik ravishda kuzatiladi va huquq buzilishi aniqlansa darhol huquqiy choralar ko‘riladi.

5. Ma’lumotlar saqlash muddati

Ma’lumotlar loyihaning mavjud bo‘lish muddati davomida va undan keyin huquqiy da’volar, patent himoyasi va tekshiruvlar uchun zarur bo‘lgan muddatgacha (kamida 10 yil) saqlanadi.

6. Foydalanuvchi huquqlari

Siz faqat shaxsiy o‘yin statistikangizni ko‘rish huquqiga egasiz.

Ma’lumotlarni o‘chirish yoki o‘zgartirish talabi faqat loyihaga zarar yetkazmaydigan va huquqiy majburiyatlarni buzmaydigan holatlarda ko‘rib chiqiladi.

7. Yakuniy ogohlantirish

Botdan foydalanish orqali siz ushbu maxfiylik siyosatini to‘liq qabul qilgan va unga rozilik bergan hisoblanasiz.

Loyiha patentlangan texnologiya asosida ishlaydi. Har qanday shubhali harakat huquqiy tekshiruvga sabab bo‘lishi mumkin.